Ta’til paytida maktab o’quvchilariga masofaviy ta’lim olish uchun qo’shimcha imkoniyat yaratildi

O’zbekiston Respublikasi hududida koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida maktab o’quvchilariga muddatidan avval ta’til berilganligi sababli Xalq ta’limi vazirligi va hamkor tashkilotlar o’quvchilar uyda mustaqil bilim olishi uchun qo’shimcha imkoniyat yaratmoqda.

Jumladan, Xalq ta’limi vazirligi va JICA loyihasi mutaxassislari matematika fanidan 6-7-8-sinf o’quvchilariga mos 139 ta (6-sinf uchun 41 ta, 7-sinf uchun 75 ta, 8-sinf uchun 23 ta ) videodarslarni tayyorladi.

Har bir videodarsning davomiyligi taxminan  10 daqiqa bo’lib, videodarslardan tashqari matnli xabarlarni chop etish va tekshirish testlari ham mavjud.

Videodarslardan quyidagi havola yordamida foydalanish mumkin:

https://uzkd.uzedu.uz/rpv/

ID: UZB-viloyat-test

PW: L0MGT5

Videodarslarda ishtirok etish istagida bo’lgan maktab o’quvchilari va ota-onalar quyidagi ariza shakllarini to’ldiradilar:

https://forms.gle/XNoGs2F2vX3cZfW68

Anketani to’ldirgandan so’ng har bir o’quvchi shaxsiy ID va kalit so’z bilan ta’minlanib, uyda individual tayyorgarlikni boshlaydi. Ta’lim bepul taqdim etiladi.

Mazkur resurs TAS-IX tizimi doirasida bo’lib, aksariyat internet provayderlar megabaytlarni sarflamay foydalanish imkoniyatini taqdim etdi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.