Ta’tilda PISA xalqaro baholash dasturiga tayyorgarlik ko’ramiz

Mamlakatimiz o’quvchilari 2021 yilda ta’lim sifatini baholash bo’yicha yirik xalqaro tadqiqot — PISA dasturida ishtirok etadi.

Mazkur tadqiqot bizga ta’lim tizimida ulkan islohotlarni amalga oshirishga turtki bo’luvchi qimmatli axborot va tahlillarni berish, shuningdek yurtimiz o’quvchilarining bilim darajasini dunyo bolalari bilimi bilan solishtirish imkonini ham beradi. Ya’ni 2021 yildagi PISA reytingida 85 ta davlat qatorida O’zbekiston ham namoyon bo’ladi.

Bu esa o’z navbatida mamlakatimizdagi 15 yoshli o’quvchilar bilan tadqiqotga munosib tayyorgarlik ko’rishga undaydi.

2021 yildagi PISA tadqiqotida matematik savodxonlik ustuvor bo’lishi, topshiriqlarning asosiy qismini matematik savodxonlik yo’nalishi tashkil etishi barchaga ayon.

Bahorgi ta’tilni mazmunli o’tkazish, shuningdek PISA tadqiqotiga tayyorgarlik ko’rish uchun matematik savodxonlik yo’nalishi bo’yicha 2021 yildagi PISA tadqiqoti uchun tayyorlangan hamda omma uchun ochiq bo’lgan quyidagi topshiriqlar bilan tanishing hamda bajarishga harakat qiling.

1. Smartfondan foydalanish.

2. Daraja xossalarining go’zalligi.

3. Har doim, ba’zan, hech qachon.

4. Plitka yotqizish.

5. Xarid qilish qarori.

6. Navigatsiya.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.