Frilanserlar faoliyatidan foydalanib uydan chiqmasdan daromad oling.

3 hafta avval karantin davrida uyidan o‘tirib o‘z halol mehnati tufayli oyiga o‘rtacha 1000 dollar bemalol topayotgan Poytaxtda yoki viloyat markazida emas, balki Peshku va Paxtaobod tumanlarida istiqomat qilayotgan yoshlarimizning tajribalari bo‘yicha ilk videodarslarni qo‘ygandik. Mana, ikkovi ham ushbu videodarslarni tizimli olib borish va tengdoshlariga yordam berish uchun YouTubeda o‘z kanallarini ochib, videodarslarini joylab borishayapti. Marhamat, ularni kuzatib boring:

Paxtaoboddan Nuʼmonjon: http://youtube.com/nyusupov

Peshkudan Shaxrillo: https://www.youtube.com/channel/UCrQX-hZ-XF4zQqPbgwY2-fw

Shu vaqtni orasida upwork.com platformasida O‘zbekistondan ro‘yxatdan o‘tganlar soni 600dan 1500 taga yetib oshibdi ham. Yaʼni shuncha hamyurtlarimiz o‘z kuchlariga ishonib, harakatni boshlabdilar. Albatta, birinchi buyurtmani olish, o‘z portfoliosini to‘ldirishni boshlash eng qiyin qadamlardandir, lekin asosiysi boshlash.

Raqamli iqtisodiyot yoshlarimizni dunyodagi raqobatga chiqishiga imkon yaratadi. Faqat o‘z ustida ishlab, harakat qiladiganlargina muvaffaqiyatga erishadi. O‘z halol mehnati bilan yaxshi daromad topish uchun albatta iqtisodiy rivojlangan davlatga ko‘chib o‘tish shart emas, asosiysi qaysidir sohada kasb o‘rganib, chet tilini hamda kompyuterdan foydalanishni bilishi kerak.

Shu bilan birgalikda, avvalgi postlarda frilanserlar faoliyatiga xalaqit berayotgan qator muammolar haqida ko‘pchilik fikr bildirgan edi.

Raqamli iqtisodiyot masalalari bo‘yicha Davlatimiz Rahbari huzurida o‘tkazilgan majlisda frilanserlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, hamda kelgusida maktablarni bitirayotgan va frilanserlikka moyilligi bo‘lgan yoshlarimizni maqsadli ravishda qo‘shimcha o‘qitish masalalari bo‘yicha vazifalar qo‘yildi.

Frilanserlar faoliyatiga bog‘liq soliq, bank, infratuzilma kabi masalalar yechilishi bo‘yicha tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi va vaqti kelib ular yechilib boradi. (batafsil ushbu videoda ko‘rishingiz mumkin (https://www.facebook.com/SherzodXotamovichShermatov/videos/283788782778202/?xts%5B0%5D=68.ARDP1vHeG6-Q8TOLLR5UDrtSSuJ0Coi0tzzRFizG67d4o1CpTMzIroHm63XzkHfap0kROw19LnB51znaT7NV3vNvEurb2I1znZrSzA5DOFQJaAmdIm5ORUtmrv8HcZJjlTp18pmg1Mmq7_ces1VkT8UF4p0NIFJT1jsFWTZ1_1nMA3TlwaqT2iNwg5BkPp242tH7zOfZFPAJQntcLO4PdQ1Hy8UYAQ54Bn5s97auSIwZdS1ywYupFC48yCsaFKRruDSnl7yBJPvhZIKkhrulmzahlW4uNGEPHAfKNbPKvjNc3_jP5eestNK0tza53GqwO16JxyRAFIf36cS_rbzIiEel_9nMc5Uqr8k&tn=-R)).

Shuning uchun, yoshlarimizga yuqorida aytib o‘tilgan tengdoshlaridan o‘rganib internetdagi vaqtlarini o‘z ustilarida ishlab, qo‘shimcha halol daromad topishga ishlatishni tavsiya qilamiz.

Dasturlashni ingliz tilida o‘rganish uchun internetda tekin saytlar juda ko‘p, masalan khanacademy.org platformasida dasturlashni juda sodda qilib tushuntirgan, amaliy mashg‘ulotlarida ham kodni yozib, osongina uni ishlashini ko‘rib borish mumkin. O‘zbek tilida o‘rganish uchun esa, marhamat, www.uzbekcoders.uz saytidan foydalanishingiz mumkin.

PS. Aytgandek, YouTube kanalidan ham ushbu yoshlarimiz qo‘shimcha daromad olishlari mumkin agar uni ko‘pchilik ko‘ra boshlasa.

https://www.youtube.com/user/nyusupov