F1 dan F12 gacha tugmalar nima uchun kerak?

Kompyuter klaviaturasidagi bu tugmalar dastur turiga qarab o’zgarishi mumkin, lekin asosan bir turdagi vazifalarni bajaradi:

F1 — Windows yoki biror dasturda ma’lumotnoma chiqarib beradi.
F2 — Ish stoli yoki «Проводник»da fayl yoki papka nomini o’zgartirish.
F3 — Ish stoli yoki ko’p dasturlarda qidirish oynasini ochadi.
F4 — ALT+F4 kombaniatsiyasi aktiv oynani yopadi.
F5 — aktiv oynani yangilash(обновление)
F6 — brauzerlarda adres qatorini aktivlashtirish
F7 — Microsoft Office dasturlarida matnning to’g’ri yozilganligiga tekshirish(o’zbek tilida ishlamaydi).
F8 — Operatsion tizim yuklanayotganda, yuklanish rejimini tanlash(safe mode, oddiy yuklash).
F9 — Word dasturini xujjatni qayta yangilash(обновление).
F10 — Ochilgan dastur menyusini aktivlashtirish.
F11 — ko’p brauzerlarda to’liq ekran rejimiga o’tish va undan qaytish.
F12 — Office dasturlarida xujjatni saqlash oynasini ochish.