IT nima?

Birinchi darsning asosiy savoli “IT nima?” bo‘ladi. Agar Siz ushbu savolning javobini bilsangiz, maqolani o‘qib ko‘rish baribir foydali va, umid qilamizki, qiziqarli bo‘ladi.

IT (“ay-ti” deb o‘qiladi) qisqartirilgan inglizcha Information Technology jumlasi bo‘lib, Axborot Texnologiyalari (AT) deb tarjima qilinadi.
Quyidagi savol yuzaga keladi: “axborot texnologiyalarining o‘zi nima?”. Avval oddiy javob beramiz, keyin esa biroz murakkablashtiramiz.

Axborot texnologiyalari (AT) – bu axborotga ishlov berish, saqlash va uzatish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha narsalar.
Xullas, bu juda qisqartirilgan ta’rif, agar nolinchi darajadan birinchiga o‘tish niyatingiz bo‘lsa, to‘liqroq ta’rif bilan tanishib chiqishingizni tavsiya etamiz:

Axborot texnologiyalari (AT yoki IT) – bu hisoblash texnikasidan foydalangan holda axborotni yaratish, qayta ishlash, saqlash, himoya qilish va uzatish usullarini o‘rganuvchi va amaliyotda qo‘llovchi ko‘plab bir-biri bilan bog‘liq ilmiy va texnik bilimlar sohalaridir.
Yuqorida sanab o‘tilganlarning barchasi kompyuter texnikasi yordamida amalga oshirilganligi sababli, AT deganda odatda kompyuter texnologiyalari nazarda tutiladi.

Kichik eslatma
Agar Siz “AT-texnologiyalar” iborasini ko‘rsangiz, darhol, yumshoq qilib aytganda, buning noto‘g‘ri tuzilganligini anglashingiz mumkin. Ushbu ifoda pleonazm (ortiqcha ifoda) deyiladi, unda bir xil so‘zlar ortiqcha qaytariladi.

Faqat “AT” qisqartmasi (ingliz variantida esa “IT”)ni yoki birato‘lasi “axborot texnologiyalari” iborasini qo‘llash to‘g‘ri sanaladi.

AT’ning qo‘llanilishi
Axborot texnologiyalari shiddat bilan rivojlanmoqda, 10 yilcha oldin juda kam sonli odamlarda mobil telefon bo‘lgan, hozir esa deyarli har bir telefon orqali Internetga kira olishingiz mumkin (uning ham biz uchun odatiy ko‘rinishda paydo bo‘lganiga 20 yillarcha bo‘ldi).

Axborot texnologiyalarining qayerda va qaysi tarzda qo‘llanilishini tasavvur qilish uchun biz kichik tasniflashga to‘xtalib o‘tamiz. AT’ning qo‘llanilish yo‘nalishlari (taxminan foydalanishda qanchalik mashhurligi bo‘yicha joylashtirilgan):

  • O‘yin-kulgi (filmlar, musiqa, kitoblar, o‘yinlar);
  • Muloqot (ijtimoiy tarmoqlar, elektron pochta, chatlar va hokazo);
  • Axborot olish imkoniyati (yangiliklar, ob-havo xabarlari va hokazo);
  • Axborotga ishlov berish (matematik hisoblash dasturlari, grafika, ovoz hamda video muharrirlari va hokazo);
  • O‘rganish (o‘quv qo‘llanmalari, interaktiv darslar, vebinarlar, ma’lumotnomalar).

IT sohalari bo’yicha masofaviy ta’lim olish va o’rganish uchun IT online (https://t.me/Informatika/2182) ilovasini yuklab olish kifoya