Maktabda «a’lo»chi bo‘lish muhimmi?

Deyarli barcha ota-onalar farzandlarining maktabda “yaxshi” baholar olishini rag‘batlantiradilar. Buning ustiga, ba’zi ota-onalar farzandining maktab shahodatnomasini to‘liq “besh” bahoga bitirishini eng maqbul variant deb hisoblaydilar. Agar bir fandan bor yo‘g‘i bittagina “uch” baho tushib qolsa bormi, ularning umidlari puchga chiqqandek bo‘ladi.

Albatta, agar bola maktabda yaxshi o‘qimasa, boshqa yaxshi o‘qiydigan bolalar kabi hayotda muvafaqqiyatga erishmaydi degan ishonch keng tarqalgan.

Keling bunga aniqlik kiritaylik, ota-onalar farzandlarining kundaligida “yaxshi” baholari uchun rag‘batlantirish holati bu taqsinga loyiq holat. Lekin maktabda o‘zlashtirish kundalikdagi olingan “a’lo” baholar, hayotda, biznes yoki yetakchilikda muvafaqqiyatga eririshda doim ham samarali ekanligini bildirmaydi.

Gap shundaki, inson tabiatan noyob yaratilgan bo‘lib, har bir bolaning o‘ziga yarasha qobiliyati va iste’dodi bo‘ladi. Bir paytning o‘zida “a’lochi” o‘quvchilar kelajakda yetuk olimlar, muhandislar yoki professorlar bo‘lib yetishib chiqishi mumkin bo‘lsa, “yaxshi” yoki “o‘rta” bahoga o‘qiydigan bolalar — insonlararo muloqot, yetakchilik i biznes ko‘nikmalarini hosil qilishi mumkin.

Barchamizning yoshligimizda “a’lochi” va “o‘rtacha” o‘qigan sinfdoshlarimiz bo‘lgan. Ularning har biri iste’dodi va ko‘nikmalari hozirda qaysi manzilga olib kelganligini hayotiy misollar orqali ko‘rishingiz mumkin.

Muvafaqqiyatga erishgan boy filantroplardan biri tahsil olgan maktabiga tashrif buyurar ekan, maktab direktoriga shunday maslahat berdi: “A’lochi” o‘quvchilaringizni asrang, chunki ular kelajakda sizlarga rahbar bo‘lib tayinlanishi mumkin, “o‘rtacha” o‘qiydigan o‘quvchilaringizni esa yoddan chiqarmang, ular kelajakda sizning maktabingiz homiysi bo‘lishi mumkin. Buni ko‘pgina taniqli filantrop insonlar — Djef Bezos, Bill va Melinda Geyts, Uorren Baffet, Djek Ma kabi misollarda ko‘rishingiz mumkin.

Ta’kidlash joizki, hozirgi zamonaviy ta’lim tizimini mahsulot ishlab chiqaruvchi liniyaga qiyoslasak, farzandingiz hayotda muvafaqqiyatli karera qurishi uchun kundalikdagi barcha baholari “a’lo” bo‘lishi lozimligi g‘oyasi o‘rnashib qolgan.

Aksini olganda, “a’lo” baholar olish muvafaqqiyatidan ko‘ra insonlar bilan hamkorlikda ishlash va muloqot qila olish ko‘nikmalari muhimroq hisoblanadi.

Shuning uchun, farzandingiz kundaligida “o‘rta” baho olib kelsa, hech ham qayg‘urmang. Buning o‘rniga farzandingiz bilan muloqot qilib, uning asl qiziqish va iste’dodlarini aniqlashga, undagi mavjud ko‘nikmalarini rivojlantirishga e’tibor qarating. Uning noyob shaxs ekanligiga ishontiring va ruhlantiring. Kim biladi, balkim u kelajakda bo‘lg‘usi yetakchi, muvafaqqiyatga erishgan filantrop bo‘lib yetishib chiqar.

Eng asosiysi, bolalar ushbu maslahatlar berilgan uyga vazifalarni bajarish shart emas ekanligini bildirmaydi. O‘z oldingizga maqsad qo‘yib, o‘z ustingizda ishlashga kirishing!

Manba: https://www.inc.com/jim-schleckser/why-b-students-make-best-leaders.html?cid=sf01002