IQTIDORLI BOLALAR UCHUN “AʼLO TAʼTIL” LOYIHASI YOʻLGA QOʻYILADI

Xalq taʼlimi vazirligi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda fan olimpiadalari, turli respublika va xalqaro tanlovlar gʻolib va sovrindorlari uchun “Aʼlo taʼtil” loyihasini yoʻlga qoʻyadi.

Ushbu loyihasi doirasida eng iqtidorli oʻquvchilar taʼtillar davrida Surxondaryo viloyati Termiz shahrida joylashgan “Xalqaro bolalar oromgohi”, Andijon viloyati Xonobod shahridagi “Oloviddin” va Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi “Yoshlik” sogʻlomlashtirish oromgohlarida dam oldiriladi.

Shuningdek, “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilar 3 ta talab asosida tanlab olinadi.

Jumladan, oʻquv yilini aʼlo baholarga yakunlagan, turli tadbirlarda faol boʻlgan hamda tanlovlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar saralab olinadi.

Oromgohda iqtidorli oʻquvchilar uchun maxsus tadbirlar rejasi asosida turli, aksiya, tanlov va tadbirlar oʻtkaziladi hamda yurtimizdagi mashhur sanʼatkor va olimlar bilan ijodiy uchrashuvlar tashkil etiladi.

“Aʼlo taʼtil” loyihasi oʻquvchilar uchun kelajakda yangi marralarni zabt etishida va oʻz maqsadiga erishish yoʻlida turtki boʻladi deb ishonamiz.