XTV “MEN, OTAM VA ONAM SPORTCHI OILAMIZ” SHIORI OSTIDA TANLOV EʼLON QILADI

Xalq taʼlimi vazirligi “5 tashabbus taʼtilda” onlayn tanlovlar doirasida “Men, otam va onam sportchi oilamiz” shiori ostida tanlov eʼlon qiladi.

I. Tanlov shartlari qanday?

1) Videorolikda ota-onalar farzandlari bilan sportning muhimligini ochib berishi lozim boʻladi. Bunda sportchi oila ertalabki badantarbiya, quvnoq startlar musobaqalari tashkil etgan holda jarayonlarni videorolik shaklda tayyorlashi kerak boʻladi. Videorolik hajmi 10 megabaytdan oshmasligi lozim.

2) Videoroliklar 2020 йил 5-avgustdan 15-avgustga qadar 10:00dan 16:00gacha 

https://t.me/besh_tashabbusuyimizda telegram manziliga yuboriladi.

II. Gʻoliblarni aniqlash tartibi qanday?

Gʻoliblar 100 ballik tizimda baholanadi:

quvnoq startlar musobaqalar formatiga mosligi – 40 ballgacha;

sport musobaqasi ssenariy asosida tayyorlanganligi – 20 ballgacha

sport musobaqasida barcha oila aʼzolari ishtirok etganligi – 20 ballgacha;

sport oʻyinlarini originalligi – 20 ballgacha.

Gʻoliblar 18-avgust kuni soat 20:00 да https://t.me/besh_tashabbusuyimizda telegram kanalida eʼlon qilinadi.

III. Gʻoliblar qanday mukofotlanadi?

1-, 2 va 3-oʻrin sohibi va sohibalariga Xalq taʼlimi vazirligining maxsus diplomi va sovgʻalari topshiriladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi namunadagi tartib boʻyicha va xeshteglarni koʻrsatgan holda maʼlumotlarni toʻldirish talab etiladi:

#sportchi_oila

#sport_birdamlik_tanloviga

Namuna: Namangan viloyati Chortoq tumani 45-sonli umumtaʼlim maktabining 7-b-sinf oʻquvchisi Halilov Hamid Jamshidovich ota-onalari va aka-ukalari (opa-singillari) bilan sport mashqlarini bajarishmoqda (rus va qoraqalpoq millatiga mansub oilalar ruscha va qoraqalpoqcha toʻldirishi mumkin).

Belgilangan talab asosida yuborilmagan videoroliklar qabul qilinmaydi

Mumkin emas:

10 megabaytdan ortiq boʻlgan videorolik

Tanlovda koʻrsatilgan vaqtdan tashqari vaqtda yuborish.

Bir kishidan bir necha kishilarning roligini yuborish.