COURSERA ONLAYN TAʼLIM PLATFORMASIDA BEPUL KURSLAR

IT Park, IT Markaz, IT Akademiya hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari Vazirligi yetakchi onlayn taʼlim platformalaridan biri boʻlgan Coursera bilan hamkorlikda ayni damda ishsiz qolganlar uchun super aksiyani yoʻlga qoʻymoqda.

Coursera – bu xalqaro onlayn taʼlim platformasi boʻlib, unda dunyoning eng yaxshi universitetlarida faoliyat yurituvchi eng kuchli oʻqituvchilar jam boʻlgan.

Aksiya ishtirokchilari uch oylik kurs davomida xalqaro darajadagi bepul taʼlim olishlari mumkin boʻladi.

Yoʻnalishlar:

  • Biznes;
  • Kompyuter fani;
  • Maʼlumotlar haqidagi fan;
  • Tillarni oʻrganish.

Roʻyxatdan oʻting va karantin davrida yangi bilimlarni oʻrganish imkoniyatini qoʻldan boy bermang!

Roʻyxatdan oʻtish uchun havola: https://clck.ru/PeZoK