Navoiy viloyati XTB boshlog’i bilan uchrashuv

Zarafshon shahar 11-son MFCHO‘IDU maktabida 2020-yilning 23-dekabr sanasida Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i M. Shamuratov va Zarafshon shahar xalq ta’limi bo‘limi mudiri Z. Baxranova maktabning 11-sinf o‘quvchilari bilan uchrashdi. Uchrashuv chog‘ida o‘quvchilarning oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi va kasb-hunarga yo‘naltirish to‘g‘risida amaliy suhbat o‘tkazdi hamda o‘z takliflarini berdi. Muloqot jarayonida bitiruvchi o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.