Interaktiv xizmatlar

O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda onlayn ta’lim

2020 yil 30 mart kunidan boshlab xar kuni soat 8:30dan O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda tayyorlangan darslarimiz 3 ta kanal orqali namoyish etiladi (1-4, 5-8, 9-11 sinflar uchun bittadan kanal). Yurtimizda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish bo’yicha kuchaytirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birgalikda, farzandlarimizning uyda bo’lishiga qaramay, ularning 4-chorak o’qishlarini televidenie va internet orqali boshlashimiz kerak.

Karantin davrida farzandlarimiz o’qishini davom ettirishi uchun O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda 100 dan ortiq fidoiy pedagoglar ishtirokida televizion darslar tasvirga olindi. Ular orasida davlat mukofoti sohiblari, darslik mualliflari, yilning eng yaxshi fan o’qituvchilari ham ko’pchilikni tashkil etadi.

Ushbu jarayonda ishtirok etayotgan barcha pedagoglarimizga, Milliy teleradiokompaniyasi rahbariyati hamda ijodiy jamoasiga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

batafsil: https://bit.ly/3duYVeJ