Maktab haqida

Zarafshon shahar 11-ayrim fanlar chuqur o’rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 7 avgustdagi «Ayrim fanlar chuqur o’rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to’g’risida«gi 173-sonli hamda Navoiy viloyati hokimining 2019 yil 12 sentyaberdagi Q-156 qarorlariga muvofiq Zarafshon akademik litseyi negizida tashkil etilgan.

Maktabda aniq fanlar va xorijiy tillar chuqur o’rgatiladi. Hozirgi kunda 17 ta sinfda 500 nafar o’quvchilar taxsil o’lmoqda.